Uçraşuvda xitoylik işbilarmonlar tomonidan sanoat, maşinasozlik, qişloq xöjaligi va turizm sohasi böyiça Farğonada kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan yangi loyihalar böyiça fikr almaşildi.

Deng Bo, bu galgi taşrif davomida Farğonada yirik Xitoy sanoat parki taşkil etiş, uning tarkibida avtomobilsozlik, Xitoy sanoat kompaniyalarining, şu jumladan, avtomobilsozlik korxonalarining işlab çiqarişlarini yölga qöyiş, qişloq xöjaligi yönalişida viloyatda yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qiliş, farğonalik tadbirkorlarga Xitoyda öz bozorini topişga kömaklaşiş, turizm sohasi böyiça özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini körib çiqiş maqsad qilinganini qayd etgan.

Uçraşuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qiliş böyiça kelişib olingan barça masalalar yuzasidan ikki hudud qöşma “Yöl xaritasi”ni tayyorlaş hamda uning asosida hamkorlikni kengaytirib borişga kelişib olindi.

Uçraşuvda Farğonada Çendu savdo uyi oçilgani ham ma’lum qilinib, Deng Boga uning röyxatdan ötkazilgani haqidagi guvohnoma topşirildi. Bu orqali yangi bozorlarga kirib boriş böyiça hamkorlikda iş taşkil qilinadi. Çendu şahrida Farğonaning qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasini taşkil qiliş uçun joy ajratilgani ham ta’kidlandi.