25 mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi
Ekologiya vazirligi 25 mart - “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonda 25 mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni sayyoraga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga o‘chiriladi.
“Hurmatli vatandoshlar. Sizni ushbu aksiyada ishtirok etishga va atigi 60 daqiqaga elektrni o‘chirishga taklif qilamiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, “Yer soati” har yili xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Mazkur tadbir 2007 yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan. Tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqirishadi. Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
-
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
Iqtisodiyot | 22:41 / 24.05.2025
Mavzuga oid

08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

11:56 / 16.04.2025