18 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida maktab öquvçilarini teatrga olib ketayotgan avtobus tartibga solingan çorrahada beton qoruvçi maşina bilan töqnaşdi . Hodisa vaqtida avtobusning orqa örindiqlarida bölgan bolalar (ularning ahvoli ança yaxşi) Kun.uz muxbiri bilan suhbatda voqea tafsilotlarini gapirib berdi. Öquvçilarning aytişiça, 18 mart kuni 5 ta sinf sinf öquvçilari taqsimlanib, 2 ta avtobusga çiqarilgan. Jami 140 kişidan oşiq öquvçi bölgan. Avtobuslarda 60-70 nafardan öquvçi bölgan. Taxminan 10:25 larda avtobus harakatlanişni boşlagan.

“Haydovçining tezligi baland edi. Avtobusdagi köpçilik buni sezib, haydovçidan bir neça marta tez haydamaslikni söradik. Şu orada yon tomonimizga kelib nimadir urildi. Bu juda tez böldi, nima bölganini tuşunolmay qoldik. Oyoğim oğriyotganini sezdim, keyin hamma çiqişni boşladi. Men ham çiqdim. Telefon va sumkamni ham olib çiqişga ulgurdim. Soğlar, yura oladiganlar hammasi bir amallab avtobusdan çiqdik. Keyin portlab ketişi mumkinligidan qörqib, tezroq avtobus yonidan uzoqlaşişga harakat qildik. Lekin avtobus portlamadi. Keyin darrov orqamizga qaytib, çiqolmayotganlarga yordam berdik. 10-12 kişi içkarida qolib, çiqolmadi, qolganlar yordamsiz özlari çiqişdi”, – deb hikoya qilib berdi 5-IDUMning 9-sinf öquvçisi Mironşoh Jumayev.

Uning qöşimça qilişiça, avtohalokat paytda bir öğil bola vafot etgan. Öquvçilar bir-birlari bilan xabarlaşib turişganini, köpçilikning ahvoli yaxşi ekanini aytişdi. Voqea guvohlaridan yana birining aytişiça, beton qoradigan maşinaning yonida bölgan yana bir yölovçi vafot etgan. Lekin buni şifokorlar tasdiqlamadi.

Avtohalokatdan keyin tarqalgan videolarda beton qoradigan maşina harakatlanayotgan tomondagi svetoforning çiroqlari yonmagani köringan edi.