Özbekiston elçisi Uluğbek Maqsudov Saudiya Arabistonidagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Qirollik rasmiylari bilan ötgan xayrlaşuv uçraşuvlarida sönggi yillarda Özbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlari sezilarli darajada faollaşgani ta’kidlangan.
2022 yil 17-18 avgust kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tarixiy davlat taşrifi bölib ötgan. Davlat rahbari 2023 yil 19 iyul kuni Jidda şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi yetakçilarining birinçi sammitida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan qirollikda bölgan.
Uşbu taşriflar tufayli qisqa vaqt içida ikki tomonlama munosabatlar özaro hamkorlikning barça yönalişlarida jadal rivojlangan. Bunga Savdo, iqtisod, investitsiyalar, fan, texnika, madaniyat, sport va yoşlar işlari böyiça Özbekiston-Saudiya Arabistoni hukumatlararo komissiyasining uçta yiğilişi hamda ikki davlat taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning uçta davrasi ötkazilgani ham hissa qöşgani ta’kidlangan.
Ayni paytda Toşkent şahrida Taşqi işlar vazirlarining ikkinçi uçraşuvi, 2025 yilda esa “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi” strategik muloqoti böyiça davlat rahbarlari sammitiga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
“Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratdi. Ikki mamlakatda Özbekiston va Saudiya Arabistonining yetakçi kompaniyalari iştirokida navbatma-navbat 8 ta biznes-forum ötkazildi. Özbekiston – Saudiya Arabistoni işbilarmonlar kengaşining 3 ta yiğilişi – Buxoro, Toşkent va Ar-Riyozda muvaffaqiyatli ötkazildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonining Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyasi 30 mlrd dollardan ortiqni taşkil etadi. 2-3 may kunlari bölib ötadigan 3-Toşkent xalqaro investitsiya forumida Saudiya Arabistoni biznesining faol iştiroki kutilmoqda.
Uluğbek Maqsudov elçi lavozimida 2018 yilning may oyidan beri işlab kelayotgandi. U boş qarorgohi Jidda şahrida joylaşgan Islom hamkorlik taşkilotidagi Özbekistonning doimiy vakili ham bölgan.

















