Andijon viloyati Andijon tumanining 24-maktabi yangi jihozlar oliş uçun “Taşabbusli budjet” loyihasiga kiritilgan. Ayni paytda bu taşabbusning töplagan ovozlari soni böyiça tumanda ikkinçi örinda bölib turişiga maktab öqituvçilarining hissasi katta – ular ovoz yiğişga jalb etilmoqda.
Majburiy ovoz yiğişdan norozi bölgan boşlanğiç sinf ustozlaridan biri Kun.uz'ga murojaat qildi.
“Ötgan yillarda ham "Open budjet" uçun ovoz yiğganmiz, lekin bu yildan direktorimiz Sarvar Nasriddinov şunaqa oşirib yuboryapti. Har birimizga 3 ta hali sim-karta oçilmagan pasportni topib, sim-karta sotib olib, ovoz berişni yoki pul yiğib berişimizni talab qilyapti. Hademay, maktabga “ovoz berdingmi?” deb çaqiraveradi”, – deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan pedagog.
Öqituvçi taqdim etgan skrinşotlarda sinf rahbarlari öz sinfidagi har bir öquvçi soniga 5 tadan, sinf rahbarligi yöq fan öqituvçilari esa umumiy 30 ta ovoz töplaşi kerakligi aytiladi.
“Masalan, 30 nafar öquvçisi bor sinf 150 ta ovoz töplaşi kerak. Hozirdan reja boşlandi. Bugungaça töplanganlari ötdi, hozirdan start ketdi. Öquvçilar soni va rejasi yuborilyapti.
1-4-sinflar Sayfullayev Oyatilloga, 5-8-sinflar Azizov Abdulazizga, 9-11-sinflar Azimov Avazbekka kunlik hisobini yuborasiz”, deyiladi maktab xodimlari uçun taşkil etilgan Telegram-guruhidagi xabarda.

Murojaatçining sözlariga köra, maktab direktori Sarvar Nasriddinov ta’lim maskanida tovuqxona ham taşkil qilgan hamda öqituvçi va öquvçilardan tovuq olib kelişni söragan.
Eslatib ötamiz, şu yil 1 fevraldan kuçga kirgan “Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunga köra, pedagogni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş, uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bölmagan hisobotlarni va boşqa ma’lumotlarni şakllantiriş hamda taqdim etişni talab qiliş, ularning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib oliş majburiyatini yuklaş taqiqlangan.

















