Şavkat Mirziyoyev Yangi Namangan şahri loyihasi va çet tillar instituti qurilişi bilan tanişdi

Muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi bilan tanişiş maqsadida Namangan viloyatida bölib turgan Şavkat Mirziyoyev Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillar instituti kampusi qurilişini közdan keçirdi.

Şuningdek, quriliş işlari 2 yil oldin boşlangan, 200 ming aholiga möljallangan Yangi Namangan şahri bosqiçlari prezidentga taqdimot qilindi. Hozirda bu yerda 2764 ta xonadonli köp qavatli uylar barpo etilgan, yana 648 ta xonadonli uylar qurilmoqda.  

KUN RAQAMI

2024 yil 1 mart holatiga soliq organlarida 337 ming 477 ta köçmas mulk ijara şartnomasi hisobga qöyildi. 

«Özgidromet» yana sel-suv toşqini xavfi haqida ogohlantirdi

26-30 mart kunlari Özbekiston hududi böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi sababli, 26-31 mart kunlari respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söralgan. 

1 apreldan metan-şoxobçalarda çeklangan narxning amal qiliş davri tugaydi

Ötgan yilning sentabr oyida qabul qilingan hukumat qarori bilan 6 oy davomida avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalarida metan gaz narxi 3250 sömdan oşib ketmasligini ta’minlaş vazifasi qöyilgan edi. 1 apreldan bu muddat yakuniga yetadi va çakana narx oşişi mumkin. 

Umra xizmatlarini körsatuvçi firmalar uçun litsenziya joriy etiladi