Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qiliş va saqlaşga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari ötkazib kelinmoqda.

Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid Kattatepa arxeologik yodgorligi 876 m3 maydoni fuqaro Z.H. va boşqalar tomonidan molxona quriş uçun buzib yuborilib, yodgorlikka 23,3 mlrd sömlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuproği 3 nafar fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 mlrd sömlik, Badaxşontepa arxeologiya yodgorligining 164 m3 hududi ekin maydoniga aylantirilgani natijasida 2,3 mlrd sömlik, Yomonqiyottepa yodgorligining 12 m3 maydoni kovlab olingani natijasida 163 mln sömlik zarar yetkazilgan.

Namangan viloyati Uyçi tumanida örta asrlarga oid Tolmozortepa arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 mln sömlik zarar yetkazilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoiy qilmişlar qonunçilikka asosan oğir jinoyat hisoblanib, aybdor şaxslarga nisbatan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanişi belgilangan.