Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgan ayrim masalalar yuzasidan olib borilgan örganişlar yakuni böyiça ma’lumot berdi.
Unga köra, Surxondaryo viloyati Angor tumani hokimligi Captiva-5 avtomobilini “Ayollar daftari” mablağlaridan sotib olgani öz tasdiğini topmagan. Bunday ma’lumot davlat xaridlari portalida körsatilgandi.
“Örganiş jarayonida Angor tuman hokimligi tomonidan “Captiva 5T Premier Black-Matt” avtotransport vositasi hokimlikning zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan xarid qilingani ma’lum böldi.
Biroq, mazkur avtotransport vositasining qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktiriş talablariga zid ekanligi aniqlandi.
Şunga köra, agentlik taqdimnomasiga asosan, uşbu avtotransport vositasi bugungi kunda tuman balansidan çiqarilib, viloyat hokimligi tasarrufiga ötkazilişi ta’minlandi”, – deyiladi korrupsiyaga qarşi organ axborotida.
Şuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining örinbosari lavozimiga tayinlangan Ilzat Kasimovning bir neça MÇJda hammuassis ekani böyiça tegişli çoralar körilib, ayni paytda vazir örinbosarining tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq holatlar bartaraf etilgan.
Boşqa bir holatda, Agrobank ötkazgan 1,3 milliard sömlik tender iştirokçilari bir-biriga aloqador ekanligiga oid ma’lumotlar örganiş jarayonida öz tasdiğini topmagan.

















