Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada NATO bilan urushga kirishish niyati yo‘qligini ma’lum qildi
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, RF keng tarqalgan xavotirlardan farqli o‘laroq, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlariga hujum qilish niyatida emas.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 mart, chorshanba kuni Rossiyaning NATO bilan urushga kirishish niyati haqidagi xavotirlarni «bema’nilik» deb atadi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda AQSh harbiy xarajatlari 811 milliard dollarni, Rossiyaniki esa 72 milliard dollarni tashkil qilgan: «Va shu nisbatni hisobga olsak, biz NATO bilan kurashamizmi? Bu bema’nilik», dedi Putin g‘arb mamlakatlariga Rossiya tahdidi haqidagi gaplarga izoh berib.
«Ularning Ukrainadan keyin Yevropaga hujum qilishimiz haqida gapirayotgani - bu mutlaqo bema’nilik, aholisini faqat pul olish uchun qo‘rqitish», - dedi Putin. Rossiyaning Yevropa davlatlariga nisbatan tajovuzkor niyati yo‘q, dedi Rossiya prezidenti Tver viloyatiga amaliy safari chog‘ida harbiylar bilan muloqot chog‘ida.
Putin - uchinchi mamlakatlardagi qonuniy maqsadlar haqida
Putinning so‘zlariga ko‘ra, agar urushda qatnashish uchun Ukrainaga topshirilgan Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari uchinchi davlatlar aerodromlaridan uchsa, bu aerodromlar Rossiya harbiylari uchun qonuniy nishonga aylanadi. Shu bilan birga, Putin F-16 samolyotlari bortida yadro qurolini olib yurishi mumkinligini eslatdi. «Biz buni ham hisobga olishimiz kerak», dedi u.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026