Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash loyihasi amalga oshiriladi
“Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablag‘lari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi, qarz mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:47 / 03.12.2025
Aholi jon boshiga eng ko‘p o‘rmon to‘g‘ri keladigan mamlakatlar
07:31 / 26.11.2025
Yashil tiklanish yetakchilari: 10 yilda o‘rmon maydonini eng ko‘p oshirgan davlatlar
07:20 / 13.11.2025
O‘rmonlar balansi: mintaqalar musobaqasida kimlar peshqadam?
07:29 / 06.11.2025