28 mart kuni Markaziy bank va Asakabank hamkorligida “Raqamli asrda xavfsizlik: kiberxavfsizlik va moliyaviy firibgarlikka qarşi kuraşiş” mavzusida seminar bölib ötdi.
Unda iştirok etgan Kiberxavfsizlik DUK kiberxavfsizlik markazi bölim boşliği Mirzufar Hakimov internet tarmoğining milliy segmentida amalga oşirilgan kibertajovuzlar haqida Kun.uz'ga gapirib berdi.
Uning ta’kidlaşiça, internetning “Uz” domenida joylaşgan axborot tizimni buzib kirişga, ularga zarar yetkazişga bölgan urinişlar soni 148 foizga oşgan. 2022 yilda Özbekison içidagi resurslarga 4,5 mlnga yaqin, 2023 yilda 11 mlndan ziyod tajovuz amalga oşirilgan. Raqamlar kibertajovuzlar 2,4 barobarga oşganini körsatadi.
“Ammo internet tarmoğining milliy segmentida 2022 yilda 235 ta, 2023 yilda esa 158 ta kiberxavfsizlik hodisasi aniqlangan. Bu 2022 yilga nisbatan 32 foizga kamroq. Monitoring jarayonida aniqlangan kiber insidentlarning 38 tasi (aksariyati) davlat organlarining veb resurslarida yuzaga kelgan hodisalarga tegişli.
Veb sahifalar yoki axborot tizimlaridagi resurslarga ruxsatsiz kontent yuklaş, ma’lumotlarga ruxsatsiz kiriş, Ddos hujumlar, spam tarqatiş, saytlarni skriptlaş, fişing ma’lumotlarini tarqatiş kabi tajovuzlar aniqlandi”, – deydi u.

Mirzufar Hakimovga köra, tahlillar kiberhujumlar jiddiy muammoligini körsatgan. Raqamlaştiriş asnosida davlat boşqaruv organlarining veb resurslariga bölayotgan kibertajovuzlarning oldini oliş davlat boşqaruvini avtomatlaştiriş asnosida yanada dolzarb tus olyapti. Uning ta’kidlaşiça, aksariyat holatlarda davlat organlari, davlat xöjalik yurituvçi sub’yektlar qöllaydigan veb resurslarda kiberxavfsizlikni ta’minlaşda muammolar yuzaga kelyapti. Trafikni filtrlaş yetarli saviyada emasligi yoki mavjud emasligi yuzaga kelgan insidentlarning sabablaridan biri bölib, himoya qilinmagan resurs tajovuz obektiga aylanişi ma’lum.
“Eng asosiy jihatlardan biri bu şu resurslardan foydalanuvçilar tomonidan şaxsiy kibergigiyena, axborot makonida özini tutiş qoidalarini töliq anglamagani, rioya qilmasligi yoki bilimlar sayozligi tufayli kibertajovuzlar yuz berişida inson omili rol öynamoqda. Özbekiston kibermakonida faoliyat yuritayotgan axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlaşda fuqarolar bilimini oşiriş talab etiladi”, – deydi u.
Uning ta’kidlaşiça, bank moliya sektorida bu muammo ança jiddiy.



















