Energetika vazirligi rahbariyatida kadrlar özgardi. Prezident Şavkat Mirziyoyev qarori bilan energetika vazirining birinçi örinbosari Azim Isroiloviç Ahmadxöjayev Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi direktori («Özatom») etib tayinlandi.
U endi energetika vazirining birinçi örinbosari – Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi direktori hisoblanadi.
Azim Ahmadxöjayev 1979 yilda tuğilgan, 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2011 yildan Milliy bank boşqaruvi raisi örinbosari, raisning birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan, 2016 yil may oyidan 2017 yil martigaça «Asaka» bankini boşqargan.
2017–2018 yillarda Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi lavozimida işlagan. 2018 yil fevralidan avgustigaça Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri bölgan. Jizzax viloyati hokimiga örinbosar bölib ketişidan oldin Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokçeynni rivojlantirişga mas’ul lavozimda işlagan.
2019–2021 yillarda Jizzax viloyati hokimining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan, 2021 yil avgust oyida energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Atom energetikasini rivojlantiriş agentligiga 2023 yil avgustidan buyon Bahrom Mansurov rahbarlik qilib kelgandi, u boşqa işga ötişi sababli öz lavozimini tark etgan.
Baxtiyor Rustamoviç Mamatkarimov energetika vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi. U bungaça Andijon tumani hokimi, «Öztransgaz» boşqaruvi raisining moliya va marketing böyiça örinbosari, şuningdek, «Özlitineftgaz» rahbarining iqtisodiyot va moliya böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan.















