Boş vazir Muhammad Mustafo boşçiligidagi 19-Falastin hukumati qasamyod qabul qilib, iş boşladi. Bu haqda 31 mart, yakşanba kuni keçqurun Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi. 

Yangi vazirlar mahkamasining birinçi yiğilişi Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos raisligida ötdi. Uning ta’kidlaşiça, Falastin hukumati yurisdiksiyasi Isroil tomonidan bosib olingan Ğarbiy sohil, jumladan, Şarqiy Quddus, şuningdek, HAMAS harakati nazorat qiluvçi Ğazo sektoriga ham tegişli. FMM rahbari yangi vazirlar mahkamasining ustuvor vazifalari sifatida sektor aholisiga gumanitar yordam körsatiş va köçirilganlarga yordam körsatişni qayd etdi.

Bundan taşqari, Abbos ijroiya qömitasi raisi bölgan Falastin Ozodlik taşkiloti (FOT) «Falastin xalqining yagona qonuniy vakili» bölib qolayotganini aytdi. FMM rahbari «Falastin yerini va xalqini birlaştiriş, Falastin milliy yaraşuviga erişiş uçun işlaşni» davom ettirişga, şuningdek, Ğazo sektorida Falastin xalqiga qarşi «tajovuzni töxtatiş»ga va’da berdi.

Abbos yana bir bor «1967 yilgi tamoyillarga muvofiq» - ya’ni Ğarbiy sohil, Ğazo sektori va Şarqiy Quddusdan iborat suveren Falastin davlatini yaratişga çaqirdi. Şarqiy Quddus yangi davlatning poytaxtiga aylanişi kerak deb taxmin qilinadi. Hozirda FMM poytaxti funksiyasini Ramalloh şahri bajaradi.

«Ikki davlat» istiqboli

FMM hukumatining avvalgi boş vaziri Muhammad Ştayye 26 fevral kuni iste’foga çiqdi. Kuzatuvçilarga köra, buning ortida AQŞning Yaqin Şarqdagi mojaroni hal qiliş yöli sifatida Falastinda ikki davlat - Falastin va Isroil yeçimiga qaytiş istagi bor. Qöşma Ştatlarga köra, Ğazodagi uruş tugaganidan söng, sektor tubdan isloh qilingan Falastin ma’muriyati tomonidan boşqarilişi kerak. 28 fevralda Isroil tomonidan taqdim etilgan anklavning uruşdan keyingi tuzilişi rejasi buni prinsipial jihatdan istisno qilmaydi.

2005 yildan beri hokimiyatda bölgan Abbos boşçiligidagi FATH guruhi hozirda Isroil tomonidan bosib olingan Ğarbiy sohilning bir qismini boşqaradi. Unga Ğazoni nazorat qilayotgan va Isroilga qarşi uruş olib borayotgan HAMAS harakati qarşi.