Jurnalistlar «GRU» va «Havana sindromi» holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
The Insider, «60 daqiqa» va Der Spiegel tadqiqotiga ko‘ra, Rossiya harbiy razvedkasi agentlari ko‘p o‘tmay amerikalik diplomatlarda kuzatilgan «Havana sindromi» namoyon bo‘lgan shaharlarga borgan.

Foto: Sergey Bobylev / TASS
Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasining (sobiq «GRU») 29155-harbiy qismi xodimlari amerikalik diplomatlar, amaldorlar va razvedka xodimlariga «Havana sindromi» deb atalgan maxfiy qurol bilan ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Bunday xulosaga The Insider nashri, Amerikaning CBS News telekanali «60 daqiqa» dasturi va Germaniyaning Der Spiegel haftalik nashri jurnalistlari kelgan. Ularning surishtiruvi natijalari 1 aprel, dushanba kuni e’lon qilindi.
Rossiya harbiy razvedkasi agentlarining safarlari haqidagi ma’lumotlarni dunyo turli mintaqalarida «Havana sindromi» holatlari bilan taqqoslab, jurnalistlar aniq bog‘liqlikni aniqladi. Surishtiruv shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarda «Havana sindromi» alomatlari xuddi shu davrlarda va 29155-qism xodimlari kelgan joylarda paydo bo‘lgan.
Xususan, bosh shtab bosh boshqarmasi agentlarining 2014 yilda Yevropa bo‘ylab harakatlari Frankfurt-Mayndagi Amerika konsulligi xodimlariga nisbatan «qator g‘alati hujumlar»ga to‘g‘ri keldi. 2016-2017 yillarda Xitoyda 29155-qism agentlari guruhi kelganidan so‘ng, amerikalik diplomatlar sog‘lig‘ida g‘alati muammolar haqida xabar berishni boshlagan. 2021 yilda 29155-qism xodimlari joylashgan Gurjistonda amerikalik diplomatning ismi oshkor etilmagan rafiqasiga Minora sindromi tashxisi qo‘yilgan. 2021 yilda Belgrad va Xanoyda ham «g‘alati tasodiflar» qayd etilgan.
Ikki jabrlanuvchi hujumlarda ishtirok etgani taxmin qilingan shaxslarni aniqladi
«Havana sindromi» alomatlari aniqlangan ikki ehtimoliy jabrlanuvchi fotosuratlar bo‘yicha hujumlarning ehtimoliy ishtirokchilarini topdi: ular Frankfurt-Maynda agent Yegor Gordiyenkoni sog‘lig‘i yomonlashmasdan oldin, Tbilisida - qism komandiri Andrey Averyanovning o‘g‘li Albert Averyanovni ko‘rgan.
Jurnalistlar, shuningdek, 29155-qismning asosiy a’zolaridan biri Ivan Terentev tomonidan «shahardagi harbiy (jangovar) operatsiyalar paytida halokatli bo‘lmagan akustik qurollarning potensial imkoniyatlari» bo‘yicha tadqiqotini tasdiqlovchi hujjatga ega ekani aytiladi.
Rossiya harbiy razvedkasining «akustik qurollar»dan foydalanishga aloqadorligi to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar mavjud bo‘lmasa-da, endi «Amerika rasmiylari «Havana sindromi»ga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishi va voqealarni to‘liq tekshirishni boshlashi mumkin», - deya xulosa qilgan surishtiruv mualliflari.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
-
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
Jahon | 23:20 / 22.05.2025
Mavzuga oid

18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi

11:11 / 18.01.2025
Grozev: GRU G‘arbdagi diversiyalar uchun «universitet» yaratdi

08:32 / 09.01.2025
Rossiya GRU Afg‘onistonda AQSh askarlarini o‘ldirish uchun toliblarga pul to‘lagan - OAV

23:43 / 05.11.2024