Ğazodagi vaziyat
Ğazoda Isroil agressiyasi qurbonlari soni 32 ming 975 kişiga yetgan. Bu haqda Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumot bergan. Uruşning 179-kuniga kelib, yaralanganlar soni 75 ming 577 nafarga yetgan
Sönggi sutka içida isroillik harbiylar 5 ta ommaviy qirğinni amalga oşirgan. Natijada 59 kişi qurbon bölgan, 83 kişi yaralangan.
2023 yilning 7 oktyabridan buyon Falastinda qurbon bölgan jurnalistlar soni 140 nafarga yetgan.
BMT bolalar fondi — UNICEFʼning boş direktori örinbosari Ted Çaybanga köra, Ğazodagi bolalarning teng yarmi oziq-ovqat yetişmovçiligiga duçor bölgan. Önlab bolalar oçlikdan vafot etgan.
Isroil parlamentiga hujum
HAMAS tomonidan asirga olinganlarning oilalari Isroil parlamenti — Knessetning moliyaviy komissiyasi majlisiga bostirib kirişdi va Ğazoda öt oçişni töxtatişni talab qilişdi.
Sönggi vaqtlarda Netanyahu ma’muriyatiga qarşi namoyişlar tobora faollaşmoqda. 7 oktyabrdan söng şanba kunlari muntazam ötkaziladigan namoyişlar ança tinçib qolgan edi. Biroq 30 mart, şanba kuni hukumatga qarşi eng yirik norozilik namoyişi bölib ötdi. Sönggi namoyiş politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi va önlab namoyişçilar hibsga olindi.
Öşandan buyon namoyişlar uzilmasdan davom etmoqda. Namoyişçilar Ğarbiy Quddusdagi parlament binosi oldiga şiorlar va maş’alalar uşlagança yiğilişgan va ular yangi saylovlar ötkazişni talab qilib, Netanyahuni garovdagilarni ozod qiliş böyiça kelişuvlarga monelik qilişda ayblagan.
Eronning Isroilga hujumi?
Isroil tomonidan Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi yöq qilinişi va unda Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining bir neçta oliy martabali a’zolari halok bölganiga javoban Eron keyingi 48 soat içida Isroilga hujum qilişi mumkinligi xabar qilinmoqda. Bu haqda AQŞ Boş razvedka boşqarmasi göyoki Isroilni ogohlantirgan, deb xabar bermoqda Eronga yaqin medialar.
Eron Livan, Iroq yoki Yamandagi proksi guruhlar orqali emas, öz hududidan uçirilgan pilotsiz parvoz qurilmalari galasi va qanotli raketalar bilan Isroil hududidagi strategik obektlarga kombinatsion zarba berişni möljallamoqda, deb xabar bergan Isroilning 12-telekanali.











