Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Toşkent şahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabini közdan keçirdi.
Maktab ötgan yili respublika budjeti mablağlari hisobidan bunyod etilgan. 250 öquvçiga möljallangan. Joriy öquv yilida 1-sinfga 145 nafar öğil-qiz qabul qilingan. Bu yerda yoşlar 12 yönaliş böyiça maktabdan taşqari ta’lim oladi. Öquvçilar ijodiy imtihonlar asosida saralab olinadi. Ellikka yaqin öquv va kompyuter xonalari, tadbirlar zalida şinam şaroitlar yaratilgan. Kutubxonada 5 ming 500 dan ortiq öquv adabiyoti va notalar jamlangan.

Prezident san’at ma’naviy boy avlodni tarbiyalaşga xizmat qilişini, bunga mehrni bolalikdan boşlab şakllantiriş zarurligini ta’kidladi. Şu maqsadda umumiy ta’lim tizimi bilan musiqa ta’limi dasturlarini uyğunlaştiriş muhimligi aytildi. San’at maktablari bilan oliygohlar, teatrlar va boşqa madaniyat muassasalarining hamkorligi tizimini kuçaytiriş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Toşkentning Şayxontohur tumanidagi Gulbozor mahallasida böldi.

Gulbozor Toşkentning tarixiy qismida, Çorsu bozori yonida joylaşgan. Bu yerga yilning barça mavsumida xorijiy turistlar köp keladi. Ta’kidlanişiça, şu bois hudud turizm xizmatlariga ixtisoslaştirildi. Köça va uylarda poytaxtning qadimgi körinişini saqlab qolgan holda qöşimça şaroitlar yaratildi.
Xususan, barça kommunikatsiya tarmoqlari yer ostidan ötkazildi. Köça boşida tarixiy darvoza qayta tiklandi. Öymakor ustunli katta ayvon, unga yaqin joyda hovuz barpo etildi. Milliy kaştaçilik va hunarmandçilik ustaxonalari, novvoyxona, milliy oşxonalar, zargarlik dökonlari taşkil qilindi. «Non tarixi» va «Qadimgi Toşkentga sayohat» nomli körgazmalar oçildi. Uç yulduzli mehmonxona ham bunyod etilmoqda.
Qayd qilinişiça, bu köça Şayxontohur tumanida taşkil etilayotgan «turizm halqasi»ning bir qismi böladi.

Mahalla ahli davlat rahbariga hududdagi özgarişlar, odamlar hayoti haqida sözlab berdi. Bu yerda 2 ming 670 nafar aholi yaşaydi. Savdo, hunarmandçilik va xizmat körsatiş rivojlangani natijasida mahalla işsizlikdan holi hududga aylangan. «Xavfsiz hudud» tizimi joriy etilgan.













