2024 yil birinçi çoragida 262 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qiliş böyiça nazorat tadbirlari ötkazilgan. Yanvar-mart oylarida avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida 25 ta holatda 262 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga çiqarilişi töxtatilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklaş böyiça körsatmalar berilib, ularning bajarilişi nazoratga olingani ta’kidlanmoqda.

















