“Yaşil makon” doirasidagi köçat ekiş işlari joylarda közböyamaçilik va bosim ötkazişga ötib ketdi, deb xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayev.
Qayd etilişiça, reja böyiça Toşkent şahrida bahor mavsumida 600 ming dona köçat ekilişi belgilangan. Tartibga köra, ekilgan köçatlar tuman hokimliklaridagi ştablar tomonidan “Yaşil makon” platformasiga kiritiladi. Söng bu ma’lumot tuman ekologiya bölimi xodimlari tomonidan joyiga borib tekşirilgaç, tasdiqlanadi.
Kuşerbayevga köra, ötgan vaqtda poytaxtda “Yaşil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq köçatlar ekologiya xodimlari tomonidan tasdiqlanmagan. Bu esa tuman hokimliklari, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim ötkazilişiga olib kelgan.
“Xususan, Yakkasaroy tumani ekologiya bölimi boşliği K.Bekturganov 29 mart kuni tungi soat 03:00da içki işlar xodimlari tomonidan uyidan olib ketilib, ekilmagan daraxtlarni “Yaşil makon” platformasiga kiritib, tasdiqlaş talab qilingan. K.Bekturganov çamasi 10 soatlar içki işlar xodimlari tomonidan noqonuniy uşlab turilgan.
Bundan taşqari 30 mart kuni kunduzgi soat 10:00da Şayxontohur tumani ekologiya bölimi boşliği X.Miraxmedov çamasi 3 soatlar tuman prokuraturasida noqonuniy uşlab turilib, ekilmagan daraxtlarni “Yaşil makon” platformasiga kiritiş hamda tasdiqlaş talab qilingan.
Şuningdek, Uçtepa tumani hokimligi tomonidan 03.04.2024 yilda Uçtepa tumani ekologiya bölimi xodimlari öz işxonasiga, ya’ni tuman ekologiya bölimi xonasiga kiritilmay bosim ötkazilgan”,– deyiladi xabarda.
Vazir maslahatçisining aytişiça, bu kabi holatlar boşqa hududlarda ham kuzatilmoqda va barçasi jamoatçilik vakillarini jalb etgan holda örganib borilmoqda.
“Biz Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan "Yaşil makon" loyihasining bu kabi bosim va közböyamaçiliklarga aylantirilişiga qarşimiz hamda ekologiya xodimlariga nisbatan bu kabi bosimlar töxtatilişini talab qilamiz.
Işonamizki, Özbekiston xalqi va davlatimiz rahbari "Yaşil makon" loyihasining haqqoniy va xolis amalga oşirilişi tarafdori”, – deydi Kuşerbayev.
















