Armaniston va Ozarboyjon ilk bor çegarani delimitatsiya qiliş böyiça kelişuvga erişdi. Bu haqda Armaniston taşqi işlar vazirligi va Ozarboyjon boş vaziri örinbosari Şahin Mustafoyev ma’lum qildi.
Bayonotlarda ta’kidlanganidek, tomonlar törtta aholi punkti (Baganis Ayrim, Aşagi Askipara, Xeyrimli, Qizil Gajili) örtasida «çegara çiziğining alohida uçastkalarini ötkaziş töğrisida» kelişib olgan. Çegara çiziği «Sovet Ittifoqi parçalanişi paytida mavjud bölgan çiziqqa moslaştiriladi».
TASS ta’kidlaganidek, delimitatsiya aslida Ozarboyjon SSR tarkibiga kirgan va 1990 yillardan beri Armaniston nazoratida bölgan törtta qişloqning Ozarboyjon tasarrufiga ötkazilişini anglatadi.
Tomonlar yaqin vaqt içida kelişilgan hududlardan qöşinlarni olib çiqib ketiş va u yerda çegara xizmatlarini joylaştirişga kelişib oldi.
Armaniston va Ozarboyjon örtasidagi çegara ming kilometrga yaqin. Bu davlatlar 1991 yilda Toğli Qoraboğdagi mojaro tufayli çegaralarni heç qaçon delimitatsiya va demarkatsiya qilmagan.

















