Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri, sobiq boş vazir Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Möğulistonga taşrif doirasida Özbekistonga ham kelişi kutilmoqda. Taşrif oldidan u öz maqolasida hamkorlikni yangi darajaga kötaradigan ustuvor yönalişlar haqida yozdi.

Men 2013 yilda Markaziy Osiyoga taşrif buyurgan birinçi Buyuk Britaniya boş vaziri bölgan edim. Qozoğistonning Ostona va Ötror şaharlarida qadim madaniyatga ega bölgan uşbu yoş mamlakat öz iqtisodiyoti va jahondagi örnini qançalik tez özgartirayotgani meni hayratga solgan edi. Va men mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytirişga qaror qildim.

Bu hafta men Markaziy Osiyoning barça beşta davlati va Möğulistonga taşrif buyurgan ilk Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri bölaman — «Katta yettilik»ka kiruvçi hamkasblarim orasida ham bunday miqyosdagi taşrifni amalga oşirganlar köp emas.

Öziga xos noyob merosga ega uşbu oltita mamlakat hozir ham jadal özgarişlarni boşdan keçirişda davom etmoqda. Ular öz suvereniteti himoya qilinişini va çegaralari daxlsiziligi hurmat qilinişini istaydigan mustaqil davlatlardir. Men ularning har biri bilan barçamizga foyda keltiradigan yanada mustahkam hamkorlik örnatişni istayman.

Hamkorligimiz doirasida köplab yutuqlarga erişganmiz. Ingliz tili, huquqi va ta’lim tizimi Ostona Xalqaro moliya markazi va Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti kabi muvaffaqiyatli muassasalarning asosida turibdi.

«Rio Tinto», «Shell» va «BAE» kabi kompaniyalarning sarmoyalari yirik loyihalarga hissa qöşib, iş örinlari yaratdi va iqtisodiy ösişni rağbatlantirdi. Biz Markaziy Osiyo toğlaridan Pokistonga gidroenergetika olib kelişga yordam bermoqdamiz. Ulan-Batordagi törtta buyuk ijodkorlarni uluğlaydigan «The Beatles» haykali oldida ön yillar oldin möğul yoşlari töplanişardi, dastlab bu yerda taqiqlangan ğarb pop musiqasi muhokama qilingan bölsa, keyinroq demokratiya tomonga buriliş şu yerda boşlangan.

1990 yillarda uşbu mintaqadan Buyuk Britaniyaga yetib borgan eng esda qolarli «eksport», öşa paytdagi boş vazirimizga mehr bilan sovğa qilingan, keyinçalik poyga va körgazma otiga aylangan Maksat turkman ayğiri edi. Bugungi kunga kelib, ötgan yilning özida Markaziy Osiyodan ön minglab odamlar bizning kengaytirilgan Mavsumiy işçilar dasturimiz böyiça Buyuk Britaniyaga işlaş uçun ketişdi. «Air Astana», «Uzbekistan Airways» va «Turkmenistan Airlines» har hafta Londonga bir neçta reyslarni amalga oşiradi. «Möğul Xoni» spektakli esa Londonning «West End» teatrida tomoşabinlarni hayratda qoldirdi.