Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Britaniyaning Taşqi işlar, hamdöstlik va taraqqiyot masalalari böyiça davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi.

«Suhbatimiz samarali va mazmunli bölib, barça sohalar böyiça Özbekiston-Britaniya aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilaş imkonini berdi», deya ma’lum qildi Baxtiyor Saidov.

Qayd etilişiça, uçraşuvda iqtisodiy munosabatlarni jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi. 

«Britaniya tomonining işbilarmon doiralar örtasidagi töğridan töğri aloqalarni va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini qadrlaymiz», deydi Özbekiston taşqi işlar vaziri. 

Özbekiston va Britaniya örtasida Keng qamrovli şerikçilik töğrisidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro boğliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi imzolandi.

Avvalroq Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Tojikiston, Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston va Möğulistonga safar qilişi, taşriflarda Britaniya bilan savdo, xavfsizlik va atrof-muhit böyiça aloqalarni kengaytiriş maqsadida muzokaralar ötkazilişi xabar berilgandi.

The Independent xabariga köra, Kemeron Markaziy Osiyo «Britaniya duç kelayotgan eng katta muammolarning markazida» ekanligidan ogohlantirib, uning «qiyinçilik bilan erişilgan suverenitetni» qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qator çora-tadbirlarni e’lon qiladi.

Bu taşrif – Birlaşgan Qirollik taşqi işlar vazirining 1997 yildan keyingi davrdagi Özbekistonga birinçi taşrifi hisoblanadi.