Bu qurol prezident Jo Bayden mart oyida ma’qullagan 300 mln dollar miqdoridagi yordam paketi doirasida yetkazib berilgan.
Çorşanba kuni keçqurun AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili raketalar yetkazib berilganini rasman tasdiqladi.
«Men tasdiqlaşim mumkinki, Qöşma Ştatlar prezidentning bevosita körsatmasi bilan Ukrainaga ATACMS uzoq masofali raketalarni yetkazib bergan», — degan jurnalistlarga Vedant Patel va raketalar Ukrainaga aprel oyida yetib borganini qöşimça qilgan.
Reuters agentligi bilan anonimlik şartida gaplaşgan suhbatdoşining sözlariga köra, raketalar ilk bor 17 aprel kuni tongida qöllangan — ular anneksiya qilingan Qrim hududida, Ukrainadagi front çiziğidan 165 km masofadagi Jankoy şahri aerodromiga qarata uçirilgan.
AP manbasi xabar qilişiça, bu raketalar bilan Ukraina hududidagi rus qöşinlariga zarba yöllangan. New York Times gazetasi ma’lumotlariga köra, gap okkupatsiya qilingan Zaporijjya oblastidagi Berdyansk şahrida turgan rus qöşini ustiga berilgan.
2022-23 yillarda Kiyev bir neça bor AQŞdan ATACMS raketalarining maksimal masofada harakatlanuvçi variantlarini yetkazib berişni söragan, ammo ötgan yil kuzida faqat 165 km masofaga yetib boruvçi, eski MGM-140A modifikatsiyasidagi raketalar partiyasini ola olgandi. Ammo endi Bayden maxfiy ravişda 300 km masofaga harakatlana oluvçi MGM-164/168 raketalarini yetkazib berişni tasdiqlagani ma’lum bölmoqda.
Patelning sözlariga köra, AQŞ «avvaliga Ukrainaning öz iltimosiga köra operativ xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida bu haqda e’lon qilmagan».
Aynan qança raketa yetkazib berilgani xabar qilinmagan, ammo AQŞ ma’muriyatining xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Vaşington «sezilarli miqdorda» yetkazib bergani va yanada köproq yetkazib berişni rejalaştirayotgani haqida aytgan. «Ular vaziyatni özgartiradi. Ammo, men oldin ham aytganimdek, „sehrli tayoqça“ mavjud emas», — deya qayd etgan Sallivan.
Uning qöşimça qilişiça, Ukraina raketalardan Rossiya böylab emas, faqat Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlariga qöllaşni va’da bergan.
Xuddi şu vaqtda britan admirali, ser Toni Radakin Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ğarbdan yangi yordam kelişi fonida Ukraina uzoq masofalarga — Rossiyaning içkari hududlariga hujumlarni köpaytirişi mumkinligini aytib ötgan. Va u bu borada heç qanday e’tiroz bildirmagan.




















