Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlar savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
1−2 may kunlari «O‘zekspomarkaz»da imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
1−2 may kunlari «O‘zekspomarkaz»da nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlayotgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladigan «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga ko‘ra, ko‘rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirok etadi. Unda mebel, to‘qimachilik, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar namoyish etiladi.
Tadbir doirasida 300 ga yaqin tadbirkorlar bilan hududlarda masofadan turib savdolar ham tashkil etiladi.
Agentlik barchani «Inson uchun» savdo ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashga taklif qildi.
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
09:38 / 26.04.2025