Köp kvartirali uylarning umumiy mulkini saqlaşdagi majburiy badallar va tölovlardan qarzdorligi mavjud mulkdorlar elektr tarmoğidan uzib qöyilişi mumkin. Bu haqda AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Şerzod Hidoyatov ma’lum qildi.

Vazirning birinçi örinbosari Kun.uz jurnalistining bu tartib va eksperiment uçun nega aynan odamlarning tölov qobiliyati yuqori bölgan Navoiy şahri tanlab olingani haqidagi savolga javob qaytardi.

“Prezidentimizning qarori bilan şunday tartib işlab çiqiş böyiça topşiriq bölgan va tartib işlab çiqilgan. Nima uçun Navoiy şahri tanlangan? Sababi Navoiy viloyatida odamlar tölov borasida boşqa hududlarga qaraganda tartibli, öz vaqtida tölaş foizi yuqori. Tölamagan fuqarolarning e’tirozlarini örganişda birdaniga katta rezonans bölmasligi uçun Navoiy tanlangan.

Bizda billing tizim işlab çiqilgan, tizimga boğlaganmiz, elektr tarmoqlari bilan integratsiya işlarini ham tayyorlab qöyganmiz. Hammasi bölgan. Lekin hozirgi kunda bu işni amalga oşiriş uçun tegişli qonunga özgartirişlar kiritilişi kerak. Energetika vazirligi hozirda bu bilan işlayapti. Bilasiz, çiqindini ham elektr energiyasiga boğlaş masalasi turgandi. Qonunga kelganda bu işlar töxtab turibdi. Qonun tasdiqlangandan keyin integratsiya bölib, bu iş amalga oşadi.

Bu juda ham yaxşi samara beradi, deb öylayman. Sababi, bitta köp qavatli uyda 50 ta xonadon böladigan bölsa, 40 ta xonadon öz vaqtida tölasa va 10 ta xonadon tölamagani uçun xizmat körsatilmasa. Nega 40 ta xonadon egalari tölamagan 10 ta xonadon uçun bu xizmatdan foydalana olmasligi kerak? Köp qavatli uylarda yaşovli aholiga xizmat qilişni xohlaymiz, lekin tölov masalasida köp narsalar kelib çiqyapti. Şu muammolarni bartaraf etiş uçun ham qilingan bu”, deya ta’kidladi Şerzod Hidoyatov.

U vazirning buyruği bilan majburiy badallarning eng kam miqdori tasdiqlangani, uşbu miqdor hududlardagi uy-joy mulkdorlari şirkatlari tomonidan oşirilişi mumkinligini aytib ötdi.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, bugungi kunda respublikada 42 057 ta köp kvartirali uylar bor. Şundan 38 686 ta uyga 819 ta boşqaruvçi taşkilot, 836 tasiga 156 ta uy-joy mulkdorlari şirkati