Köp kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni saqlaş, undan foydalaniş va uni ta’mirlaş hamda köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini obodonlaştiriş uçun majburiy badallar yoki tölovlarning eng kam miqdorlari belgilandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Majburiy badallar yoki tölovlarning eng kam miqdorlari Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Botir Zokirovning 15 apreldagi buyruğida keltirib ötilgan. Tölovlar binodagi qavatlar soniga, lift bor yoki yöqligiga boğliq.
Jumladan, Toşkent şahrida kommunikatsiyalari mavjud bölgan ikki qavatli uylar uçun tarif 1 kv metr uçun 1147−1149 söm, 3 qavatli binolar uçun 1303−1305 söm, 4 qavatli binolar uçun 1514−1518 söm, lifsiz 5 qavatli binolar uçun 1512−1514 söm, liftli 6 qavatli binolar uçun 1110 söm, 7 qavatli binolar uçun 1703−1709 söm, 8 qavatli uçun 1701−1707 söm, 9 qavatli uçun 1700−1706 söm, 10 qavatdan boşlangan binolar uçun esa 1828−1830 sömni taşkil etadi.
Boşqa hududlar uçun summalar quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirining buyruğida (PDF) körsatilgan.
Vazir buyruğida keltirilişiça, majburiy badallar yoki tölovlarning miqdori tasdiqlangan narxlardan past bölmasligi kerak.
Şuningdek, vazirning 2024 yil 12 martdagi buyruği bilan köp kvartirali uylarda umumiy mol-mulkni saqlaş, undan foydalaniş va uni ta’mirlaş hamda köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini obodonlaştiriş uçun majburiy badallar yoki tölovlarning eng kam miqdorini aniqlaş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlangan. Unga köra, majburiy badallar yoki tölovlarning eng kam miqdorini aniqlaşda foydalaniladigan xarajatlar quyidagilardan taşkil topadi:
— mazkur Nizomning ilovasida körsatilgan köp kvartirali uylarning talab darajasida saqlanişini ta’minlaş uçun zarur bölgan xizmatlar va işlarning minimal röyxatidagi xizmatlarni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlar;
— köp kvartirali uyni boşqariş organining (bundan buyon matnda boşqariş organi deb yuritiladi) ma’muriy xodimlari hamda işçi xizmatçilari mehnatiga haq tölaş;
— boşqariş organining köp kvartirali uyni boşqariş uçun zarur bölgan texnika, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini saqlaş hamda ularga xizmat körsatiş;

















