Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va haydovçi örtasidagi suhbat aks etgan videolavha tarqaldi. Unda YPX xodimi haydovçidan uç kişiga tuşlik olib kelişni söragan.
YPX xodimi va haydovçi örtasidagi suhbat şunday keçgan:
— Yozmaymi sizga?
— Nimani yozasiz, komandir?
— Ayting-da, yozaymi-yozmaymi?
— A yöq.
— Mana şu yerda 50 kundan beri turibman quyoşda, bitta suv ham olib kelmaysiz-ye.
— Suv sizdan aylansin.
— Qorning oçmi, nima qilyapsan demaysiz...
— Suvi qaynab ketdi-da maşinaning, aka.
— Nima qilay, nima qiliş kerak, ayting?
— Heç narsa, aka, hammasi yaxşi.
— Hammasi yaxşimi? Xafagarçilik bölmaydimi?
Şundan söng “GAI” xodimi uç kişiga tuşlik olib kelişni aytgan. Haydovçi esa bu “taklif” u uçun qiyin ekanini bildirgan. Inspektor esa bunga javoban 100 ming söm söragan.
Holatni videoga olib borgan haydovçi suhbatdan biroz ötib, YPX xodimidan uzoqlaşadi va xodim undan 70 ming söm söraganini aytadi. Pulni esa oq rangli Nexia-3 maşinasida ötirgan odamga beradi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, hozirda videolavhaga aniqlik kiritiş maqsadida xizmat tekşiruvi tayinlangan. Holatga huquqiy baho berilib, natijasi böyiça jamoatçilikka ma’lum qilinadi.

















