Qatarda joylaşgan arab tilidagi Al Jazeera telekompaniyasi Isroilda yopiladi. Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 5 may, yakşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. 

Isroil hukumati telekanalni yopiş qaroriga bir yoqadan boş çiqarib ovoz berdi, deya aniqlik kiritdi boş vazir. Isroil Al Jazeera telekanalini mamlakat arab aholisini davlat va uning armiyasiga qarşi, ayniqsa, 7 oktyabr kuni HAMAS harakatining hujumidan keyin zöravonlikka undaganlikda ayblaydi.

Netanyaxu öz murojaatida qayd etgan aloqa vaziri Şlomo Kari kanalni kabel va sun’iy yöldoş provayderlari tarmoğidan olib taşlaş va uning veb-saytini bloklaş töğrisidagi buyruqni imzoladi. «Isroilda HAMAS uçun söz erkinligi bölmaydi», - deya Karining sözlarini keltirgan AFP. 

Isroil «duşman OAVni» yopiş töğrisidagi qonunni qabul qildi 

1 aprel kuni Isroil parlamenti (Knesset) mamlakatda «duşman OAV»ni yopişga ruxsat beruvçi qonunni ma’qulladi. Hujjat «Al Jazeera qonuni» deb ataladi, çunki u uşbu telekanalga qarşi qaratilgan. 

Qonunga köra, Isroil aloqa vaziri, boş vazirning roziligi bilan, agar bu haqiqatda davlat xavfsizligiga ziyon yetkazadigan bölsa, Isroildan va Isroil hududida çet el kanali efirini töxtatişga buyruq berişi mumkin. Bundan taşqari, Aloqa vazirligi bunday ommaviy axborot vositalarining ofislarini yopiş va ular veb-saytini bloklaş haqida buyruq berişga haqli.

Oq uy agar Al Jazeera’ni yopiş rejalari haqidagi xabarlar tasdiqlansa, bundan «bezovta» bölişini ma’lum qildi, çunki Isroil rasmiylarining bu harakati söz erkinligini töğridan töğri buziş hisoblanadi.

Qonunning qabul qilinişiga asos

2023 yilning noyabrida Netanyahu hukumati Qatarning HAMAS bilan garovga olinganlar böyiça davom etayotgan muzokaralarida vositaçilik harakatlariga xalaqit berişi mumkinligidan taşvişlanib, qonun avvalgi tahririni töxtatib qöydi, deya xabar beradi KNA. 

Isroil hukumati 2017 yil avgust oyida Al Jazeera jurnalistlarining akkreditatsiyasini bekor qiliş niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Öşanda Isroil aloqa vaziri bölib işlagan Ayub Karaning sözlariga köra, kabel va sun’iy yöldoş operatorlari Netanyahuning mojaroni yoritişda zöravonlikni qözğatganlik böyiça ayblovi ortidan Isroilda arab telekanali efirini töxtatişga majbur böladi.