2024 yil birinçi çoragida Özbekiston aeroportlari asosiy körsatkiçlari – yölovçi va yuklarni taşiş, xizmat körsatilgan reyslar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 50 foizga ösdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinişiça, dastlabki uç oyda xalqaro aeroportlar tomonidan 25 mingdan ortiq reysga xizmat körsatilgan, şundan 8 mingtasi içki, 17 mingdan ortiği xalqaro yönalişlarga töğri keladi. Ötgan yilga nisbatan ösiş 40 foizni taşkil etgan.
Şuningdek, mahalliy aviakompaniyalar tomonidan 16 mingdan ortiq, xorij aviakompaniyalari tomonidan 8 mingdan ortiq reys amalga oşirilgan.
Yanvar-mart oylari davomida Özbekiston aeroportlari 3 milliondan ortiq yölovçiga xizmat körsatgan: içki reyslarda 762 mingdan ziyod, xalqaro reyslarda 2,3 milliondan ziyod. 2023 yilning şu davriga nisbatan ösiş 42 foizni taşkil etgan.
Şuningdek, 2024 yil birinçi çoragida 17 ming tonna yuk va poçta jönatmalariga xizmat körsatilgan, bu ötgan yilgi körsatkiçdan 6 foizga köp.

















