Toşkent şahrida talaba yigit Isroilning Özbekistondagi elçixonasini yoqib yuborişga urindi. Sud hujjatida keltirilişiça, 2004 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, Özbekiston Jahon tillari universiteti 2-bosqiç talabasi bölgan A.A. 2023 yilning 19 oktyabr kuni erta tongda Isroil elçixonasini yoqib yubormoqçi bölgan.

Yigit öşa kuni soat 4:30 lar atrofida öz maqsadini amalga oşiriş uçun sport sumkasiga kerosin solingan şişa idiş, gantel, ikki quti gugurt va mato bölaklarini solib, velosipedda elçixona yoniga kelib töxtagan. Şunda uning harakatlari elçixona yonida joylaşgan Yakkasaroy tumani IIO FMB 4-sonli IIB xodimlarining e’tiborini tortgan.

IIB xodimlari yigitdan töxtaşni söragan, u esa esa velosipedini boşqargan holda qoçişni boşlagan. Xodimlar xizmat maşinasida uni kuzatib borib, töxtatgan va IIB binosi yoniga olib kelişgan hamda yelkasidagi sumkani oçib körsatişni söraşgan. Talaba yigit şunda ham öz maqsadiga yetişiş uçun IIB xodimlarini çalğitib, sumkasidagi kerosin solingan şişa idişni va bir dona gantel toşini qöliga olib, elçixona binosi tomonga yugurgan. IIB va elçixona binosini qöriqlayotgan Milliy gvardiya xodimlari yigitni elçixona eşigi yonida uşlaşgan. Bu orada u qölidagi şişani va gantel toşini devor ustidan elçixona hovlisi içiga uloqtirişga erişgan.

A.A. sudda bergan körsatmasida 2023 yil oktyabr oyining örtalarida Ğazo sektorida Isroil va Falastin örtasida bölayotgan qurolli töqnaşuvlar aks etgan videolarni köra boşlaganini, oqibatda Isroil davlatini yomon körib qolganligini, öç oliş maqsadida uşbu davlatning Toşkentdagi elçixonasini yoqib yuborişni maqsad qilganini bildirgan.

“Avval kerosin solingan butilkalarni devor orqali elçixona içki hovlisiga uloqtirmoqçi edim. Keyin uning ortidan mato bölaklarini gantel toşlariga öragan holda kerosin bilan töyintirib, ularni ham yoqqan holda kerosinli şişa singan hududga otib, bu orqali elçixonaga öt qöyişni reja qildim.

Odamlarga yoki elçixonaga zarar yetkaziş niyatim bölmagan, faqatgina Isroil davlati Falastindagi şifoxonaga bomba taşlagani uçun norozilik bildirmoqçi böldim. Sodir etgan harakatlarim notöğri ekanini tuşunib yetdim”, degan suddagi körsatmasida.

Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudining şu yil 19 apreldagi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.