Ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiy 20 yildan köproq vaqt oldin buyurtma asosida qotillikni taşkil etganlikda gumon qilinmoqda. Ukraina Milliy politsiyasi Boş tergov boşqarmasi tergovçilari taniqli tadbirkorga nisbatan gumon borligini ma’lum qildi, bu haqda Ukraina Içki işlar vazirligi va Boş prokuraturasi 8 may, çorşanba kuni uning ismini oçiqlamasdan xabar berdi. Bayonotda Kolomoyskiy ekani taxmin qilinayotgan qisman retuşlangan fotosurat çop etilgan. Ukraina OAV gap aynan u haqida ketayotganini yozmoqda.
Bayonotda aytilişiça, 2003 yil avgust oyida Feodosiya markazida «tört kişi advokatni şafqatsizlarça kaltaklagan va piçoqlagan», uning hayoti şifokorlar tomonidan saqlab qolingan. «Jinoyat jinoiy guruh a’zolarining xohiş-irodasiga boğliq bölmagan sabablarga köra yakunlanmay qolgan», — deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Motiv - noqonuniy bitimda hamkorlik qilişdan boş tortiş
Uşbu ma’lumotlarga köra, gumonlanuvçi qotillikni sodir etiş uçun «oğir va öta oğir jinoyatlar, jumladan, raqobatçilarga nisbatan jismoniy zöravonlik qilişga «ixtisoslaşgan» jinoiy guruh a’zolarini jalb qilgan».
«Öşanda huquq-tartibot idoralari xodimlari buyurtma asosida qotillik sodir etişga uringan şaxslarni qölga oldi. Endi politsiya buyurtmaçining şaxsi böyiça dalillarni aniqladi», - deyiladi xabarda. Idoraga köra, 2023 yil sentabridan buyon hibsda saqlanayotgan tadbirkor 2003 yilda advokatni öldirişga buyruq bergan, u noqonuniy bitim böyiça hamkorlik qilişdan boş tortgani uçun undan öç olmoqçi bölgan.
Kolomoyskiy işi
Igor Kolomoyskiy 2023 yil sentabr oyi boşida hibsga olingan va öşandan beri hibsda saqlanmoqda. «SBU» tadbirkor firibgarlikda va jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan mulkni qonuniylaştirişda gumon qilinayotgani haqida xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga köra, 2013 yildan 2020 yilgaça Kolomoyskiy nazorat ostidagi bank tuzilmalari orqali xorijga 0,5 milliard grivnadan (14 million dollar) ortiq mablağ olib çiqib ketgan. Hibsga olinganidan bir neça kun ötgaç, Kolomoyskiyga «Privatbank» mablağlaridan 9,2 milliard grivnani «olib çiqib ketiş» böyiça ikkinçi ayblov qöyildi, keyin esa 5,8 milliard grivna yuzasidan uçinçi ayblov ilgari surildi. Kiyevning Şevçenko tuman sudi Kolomoyskiyning mulkini xatlovga oldi.
Forbes Kolomoyskiyning boyligini 1 milliard dollarga baholagan. «Privatbank»dan taşqari, «Ukrtatnafta» neftni qayta işlaş kompaniyasi va «Ukrnafta» neft-gaz kompaniyasi ham uning aktivi edi - ular ham milliylaştirildi. 2014-2015 yillarda Kolomoyskiy Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati gubernatori lavozimida işlagan. 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida Igor Kolomoyskiy Volodimir Zelenskiyni qöllab-quvvatlagan, natijada u Ukraina prezidenti lavozimini egallagan.

















