YuNESKOning xorijda tahsil olayotgan talabalar böyiça 2021 yildagi hisobotiga (sönggi 2 yillik hisoboti esa hozirça e’lon qilinmagan) köra, bu borada xitoylik va hindistonlik talabalar yetakçi hisoblanadi.
Xorijda öqiyotgan xitoylik talabalar soni 1 millionni taşkil qilgan bölsa, hindistonlik talabalar 508 mingga yetgan. Röyxatning keyingi örinlarida Vetnam, Germaniya va Özbekiston turibdi. Xorijda Vetnamdan 137 ming, Germaniyadan 126 ming, Özbekistondan 110 ming, Fransiyadan 106 ming, AQŞdan 103 ming va Suriyadan 99 ming talaba tahsil olayotgani ma’lum qilingan.

AQŞ çet ellik talabalarni qabul qilgan eng asosiy davlatga aylangan. 2021 yilda Qöşma Ştatlar 833 ming talabani öqişga olgan. Undan keyin Buyuk Britaniyada – 601 ming, Avstraliyada – 378 ming, Germaniyada– 376 ming va Kanadada – 318 ming xorijlik talaba öqiyotgani qayd etilgan.
Raqamlar Xalqaro Migratsiya Taşkiloti e’lon qilgan sönggi ma’lumotlardan foydalangan holda 2024 yilgi Jahon migratsiya hisobotining bir qismi sifatida e’lon qilingan. Yiğilgan ma’lumotlar oxirgi 20 yilda xalqaro talabalar soni oşib borganini körsatgan. YuNeSKO 2001 yilda xalqaro talabalar soni 2,2 million ekanini qayd etgan bölsa, bu raqam 2021 yilda 6,39 milliongaça oşganini keltirgan.

















