O‘zbekiston | 09:15 / 11.05.2024
12938
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda chorraha ustuniga radar o‘rnatayotgan muhandis tok urib vafot etdi

26 yoshli kompyuter tarmog‘i muhandisi 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan. Hozirda baxtsiz hodisani tekshirish uchun komissiya tuzilgan.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida kompyuter tarmog‘i muhandisi baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyrug‘ida ma’lum qilingan.

Hujjatda keltirilishicha, hodisa 2024 yil 1 may kuni soat 17:20 larda sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan kompyuter tarmog‘i muhandisi Sardorbek Madaminov Qibray tumani Universitet va Salar chorrahasida ishlayotib, tok urishi oqibatida vafot etgan. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan.

Hozirda mazkur baxtsiz hodisani maxsus tekshirish uchun komissiya tuzilgan.

Oldinroq Toshkent viloyatining 6 ta, jumladan Qibray tumaniga ham yangi radarlar o‘rnatilishi xabar qilingandi

Mavzuga oid