Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda
O‘zbekiston bo‘yicha 13-17 may kunlariga ob-havo prognozi berildi.
Ushbu haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati kundan kunga ko‘tarila boshlaydi va haftaning o‘rtasiga borib +33...+36 darajaga yetadi, janubda va cho‘l hududlarda +38 darajagacha bo‘ladi.
Ertadan boshlab faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari Kaspiy dengizi hududlaridan kirib kelgan nam havo ta’siri ostida bo‘ladi. 14-15 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi.
Haftaning ikkinchi yarmida nam havo massalari sharqqa qarab tarqaladi va respublikaning ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +25...+30 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda 13-15 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 13 mayda +29...+31 daraja, 14-15 mayda +33...+36 daraja bo‘ladi.
16-17 mayda harorat +25...+30 darajagacha pasayadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024