Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida 2023-2024-öquv yilini yakunlaş va «Sönggi qönğiroq» tadbirini ötkaziş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi. 

Unga köra, «Sönggi qönğiroq» tadbiri 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar taşkil etiladi. Tadbirga maktab öquvçilari sonidan kelib çiqqan holda faqat 1-, 4-, 9-, 11-sinf öquvçilari jalb etiladi. 

Tadbir mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari bilan hamkorlikda yonğin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda taşkil etiladi. Unga faxriy öqituvçilar, ota-onalar, mahalla faollari, maktabning sobiq bitiruvçilari taklif etiladi. 

Şu bilan birga, tadbirda yil davomida a’lo baholarga öqib, eng yuqori reyting körsatkiçlariga erişgan iqtidorli bitiruvçilar rağbatlantirilişi mumkin. 

2023-2024-öquv yilini yakunlaş va «Sönggi qönğiroq» tadbirini ötkazişda quyidagilar taqiqlanadi: 

- turli restoran va kafelar, xonadonlarda «Bitiruv oqşomi»ni ötkaziş, imtihon va yakuniy davlat attestasiyasini ötkazişda, ta’lim muassasasini yangi öquv yiliga tayyorlaş bahonasida öquvçilardan pul yiğiş;

- öquvçilardan qimmatbaho sovğalar uçun pul yiğiş, bitiruv keçalariga atab qimmat kiyimlar oliş, yengil avtomaşinalarda sayr taşkil etiş;

- öquvçilarning guruh-guruh bölib xiyobonlar, istirohat boğlari, çömiliş havzalariga borişi.