Xorazm viloyati, Urganç şahrida YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmay, yölovçilari bilan birga qoçgan taksiçi uşlandi va jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi Gentra rusumli avtomaşina haydovçisi 2 may kuni Urganç şahrining Gurlan köçasida yöl harakati qoidalarini çetlab ötib, svetoforning qizil çiroğida yölning qarama-qarşi bölagidan harakatlangan.
YPX inspektori tomonidan unga töxtaş işorasi berilgan. Haydovçi qonuniy talabni bajarmay, töxtamasdan, katta tezlikda harakatlanib, noma’lum tomonga ketib qolgan.
Qayd qilinişiça, avtomaşina içida yölovçilar ham bölgan, ular haydovçidan yölda tuşirib qoldirişni iltimos qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada avtomaşina old örindiğidagi yölovçi haydovçidan töxtaşni söragani, biroq, haydovçi maşinani töxtatmagani, söngra yölovçi oynani sindirişga uringani körinadi. Keyinçalik haydovçi yölovçilarni Yangibozor tumanidagi notaniş joyga taşlab ketgan.
Şundan keyin ular haydovçiga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, Içki işlar organlariga murojaat qilişgan. Xorazm viloyati IIB tomonidan haydovçining şaxsiga aniqlik kiritilib, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning bir neça moddalari bilan iş qözğatilgan, avtomaşinasi jarima maydoniga qöyilgan.
Ta’kidlanişiça, Jinoyat işlari böyiça Urganç şahri sudi haydovçini BHM 12 baravari (4 mln 80 ming söm) miqdorida jarimaga tortgan.

















