O‘zbekiston | 11:17 / 06.12.2023
5958
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasini moliyalashtirish nazarda tutilgan qarorni tasdiqladi.

Foto: Benoy

Mahalliy kengashning 2023 yil 4 dekabrdagi qarori bilan deputatlar Toshkent shahar mahalliy budjetidan qator tadbirlarga mablag‘ ajratishni tasdiqlagan. Ular orasida Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi ham bor.

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning joriy yil 10 iyuldagi qarorida hokimlik va “ToshkentboshplanLITI” DUK o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzilgani aytiladi. Shartnomaga ko‘ra birinchi bosqichda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 40 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat bilan Toshkent shahrining yangi bosh rejasi “Yangi Toshkent” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib poytxat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan.

5 sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi prezidentga taqdim etilgan, yangi shaharni hozirgi Toshkent bilan muvaffaqiyatli birlashtirgani uchun Buyuk Britaniyaning Cross Works arxitektura kompaniyasi taklif etgan loyiha tanlab olingandi

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid