Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi 2024 yil yanvar-aprel oylarida Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya» bilan hamkorlikda ellikka yaqin avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida (AYoQŞ) sotilayotgan benzin sifatini örganiş uçun nazorat xaridini ötkazgan. 

Laboratoriya tahlillari xulosasiga köra, Samarqand viloyati va Farğona viloyatidagi 15 ta AYoQŞ tomonidan AI-92 va AI-95 markali sifatsiz benzin sotilgani aniqlangan. Oqibatda iste’molçilarga 201 mln sömdan ortiq zarar yetkazilgan. 

Ta’kidlanişiça, «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning tegişli moddasi talabi buzilişi holatlari böyiça 15 ta xöjalik yurituvçi sub’yektga nisbatan örnatilgan tartibda iş qözğatilib, bajarilişi lozim bölgan körsatmalar berilgan. 

Natijada 2139 iste’molçi huquqi tiklanib, ularning foydasiga tegişli tartibda pul mablağlari qayta hisob-kitob qilib berilgani ta’kidlanmoqda.