Surxondaryo viloyati Surxon davlat qöriqxonasida ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd söm zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, 5 iyul kuni Surxon davlat qöriqxonasining «Xatak» bölimi, «Oltikunlik» massivida ötkazilgan reyd çoğida noqonuniy ov holati aniqlanib, Qizil kitobga kiritilgan ikki boş burama şoxli eçki (morxör) ovlangani ma’lum böldi.

Reyd  davomida qöriqxona hududida qurol bilan  harakatlanayotgan uç fuqaro şubha uyğotadi, ularning harakati kuzatiladi. Ular toşloq va tik qiyaliklarda harakatlanayotgan bölişiga qaramay, masofadan binokl va mobil vositalar yordamida nazoratga olinib, harakati hujjatlaştirilib boriladi.

 

Nazorat davomida huquqbuzarlar morxör ovlab, söyayotgan vaqtda qölga olingan. Hayvon qoldiqlari Termiz davlat universiteti huzuridagi sud-zoologik ekspertizaga yönaltirilib, ularning bir va uç yoş atrofidagi erkak va urğoçi morxörlar ekani tasdiqlandi.

Mazkur holat Şerobod tumani Katta hayot mahallasida yaşovçi X.Ş. va Ş.J. hamda Vandob mahallasida yaşovçi V.M. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Foto: Surxondaryo viloyat Ekologiya boşqarmasi

Burama şoxli eçki (capra falconeri) – xalqaro miqyosda himoyalanadigan noyob hayvon turi hisoblanadi. Uni ovlaş Özbekiston Jinoyat kodeksiga asosan javobgarlikka sabab böladi.

Prezidentning 2023 yil 31 maydagi qaroriga muvofiq, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlaş holatlarida jarimalar 10 baravarga oşiriladi. Natijada mazkur holatda davlatga yetkazilgan zarar 4,5 milliard söm deb hisoblangan.

Hozirda holat yuzasidan hujjatlar tegişli tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirilgan va tergovgaça bölgan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uçun, Surxon davlat qöriqxonasi 1986 yilda taşkil etilgan bölib, muhofaza etiladigan hudud hisoblanadi. Bu yerda ov qiliş, daraxt kesiş, mol boqiş kabi xöjalik faoliyatlari qat’iyan taqiqlangan.