O‘zbekiston | 08:58 / 16.05.2024
1279
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sayyohlik sohasida Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov Saudiya Arabistonining Saudi International Travel Company kompaniyasi kengashi a’zosi, rivojlanish masalalari bo‘yicha menejer Abdulaziz Sulaymon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida turizm, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish hamda mamlakatga saudiyalik sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Abdulaziz Sulaymon ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganini yuqori baholadi. "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, turizm yo‘nalishida hayotga tatbiq etilayotgan yangi dasturlar bizga katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu sababli biz o‘zbekistonlik sheriklar bilan sayyohlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdormiz", dedi u.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida Saudiya Arabistoni sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid

E`lonlar