“Rossiya – Islom olami: KazanForum – 2024” xalqaro iqtisodiy sammitida Soliq qömitasining strategik rejalaştiriş boşqarmasi boşliği Timur Ismoilov Özbekiston daromad soliğini hisoblaşda amaldagi bir çiziqli şkaladan voz keçib, progressiv soliqqa tortiş şkalasiga qaytişi mumkinligi haqida aytib ötgan. Bu haqda Spot xabar berdi.

Ismoilovning sözlariga köra, progressiv soliq şkalasi amaliyotda bölgan paytda iş haqining köp qismi konvertda tölangan. Yagona ijtimoiy tölov va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkalarining pasaytirilişi esa “tadbirkorlik sub’yektlari uçun xodimlarni işga rasman jalb qilişni yanada foydali qiliş” istagi bilan izohlangan.

Soliq qömitasi vakilining ta’kidlaşiça, aksariyat xorijiy mamlakatlarda soliqqa tortişning progressiv şkalasi qöllanadi.

“Öylaymanki, vaqt ötib, tizim töliq şakllanib bölganidan söng, soliqqa tortişning progressiv şkalasiga ötiş haqida öylaşimiz mumkin”, – degan Timur Ismoilov tinglovçilar tomonidan berilgan savolga.

Rossiya, Qirğiziston va Ozarboyjon soliq organlari vakillari ham progressiv soliq şkalasiga ötişni qöllab-quvvatlagan. Argumentlardan biri sifatida ijtimoiy adolatni ta’minlaş keltirilgan.

“Daromad soliğini hisoblaşda progressiv şkalaga qaytiş rejalaştirilmagan”

Kun.uz Soliq qömitasi axborot xizmati bilan boğlanib, “Yaqin kelajakda Özbekistonda yana daromad soliğini hisoblaşda tabaqalaştirilgan tizimga qaytilişi mumkinmi?” degan savol bilan yuzlandi.

“Özbekistonda 12 foizlik qat’iy daromad soliği tölaş tizimiga ötilgani rasmiy iş örinlarini köpaytirib, legalizatsiyaga yordam berdi. Buni oldin ham köp bor aytganmiz. Ammo, progressiv şkalaga ötiş borasida hali Soliq qömitasida heç qanaqa reja yöq”, deydi qömita axborot xizmati rahbari Dildora Hoşimova.

Uning qöşimça qilişiça, Timur Ismoilov tinglovçilar tomonidan berilgan savolga özining şaxsiy fikrini bildirgan.

Progressiv soliq tizimi nima?

Progressiv soliq tizimi – daromad miqdorining ortib borişi bilan soliq stavkasining ham oşib borişiga asoslangan. Ya’ni qança köp daromad olinsa, soliq stavkasi ham şunça balandroq böladi.