2023 yilda Özbekiston fuqarolari Şengen vizasini oliş uçun 46 503 ta ariza topşirdi, deb xabar qildi Yevropa komissiyasi.
Ma’lumotlarga köra, 16,5 foiz holatda Özbekiston fuqarolariga rad javobi berilgan. Qabul qilingan arizalar soni 38 333 tani taşkil etadi.

2022 yilga nisbatan rad etişlar uluşi 0,4 foizga oşgan, biroq öşanda 39 509 ta ariza berilgan.

Umuman olganda, ötgan yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va unga aloqador Şengen davlatlari konsulliklariga qisqa muddatli vizalar uçun 10,3 milliondan ortiq ariza kelib tuşgan. Bu 2022 yilga (7,5 million) nisbatan 37 foizga köp, ammo 2019 yilgi pandemiyadan oldingi sörovlar sonidan (17 million) kam.

















