O‘zbekistonda sport sohasidagi korrupsiyaviy qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilari qonunga xilof ravishda mulkiy manfaatdor bo‘lganlik, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Foto: Senat axborot xizmati
Senat yalpi majlisida “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, keyingi yillarda mamlakatda sportni ommalashtirish, sport turlarini yanada rivojlantirish va sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga hozirgi vaqtda mazkur sohadagi qonun hujjatlariga sportdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yangi normalarni kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik belgilanib, 2141-modda kiritilmoqda. Shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun yangi kiritilgan 2142-moddaga asosan javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, agar moddiy qimmatliklar bergan yoki mulkiy manfaatdor etgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
Qayd etilishicha, mazkur Qonunni ishlab chiqish jarayonida BMTning 2003 yildagi “Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”, Yevropa Kengashining 2015 yildagi “Sport musobaqalarini manipulyatsiya qilish bo‘yicha Konvensiyasi”, Ozarboyjon, Belarus, Gruziya, Rossiya kabi davlatlarning qonunchiligi o‘rganilgan.
Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi
Jahon | 17:16
-
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV
O‘zbekiston | 16:53
-
“Yaponiyada birinchi bo‘lib rahbarlar ishdan olinadi” – yapon biznesini boshqarayotgan o‘zbek ayoli
O‘zbekiston | 16:50
Mavzuga oid

15:13
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025
Yilning birinchi choragida salkam 1 mlrd dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatildi

17:52 / 29.05.2025
Qonunbuzarlikda gumon qilinganlarning xorijga chiqishini vaqtincha taqiqlovchi qonun ma’qullandi

18:54 / 28.05.2025