BBC Ibrohim Raisiyning hayoti va faoliyatining eng asosiy voqealariga nazar taşladi.

Konservativ ruhoniy

Kutilmaganda prezidentlikka nomzodini qöymaguniça Ibrohim Raisiy eronliklarning ham köpçiligiga yaxşi taniş emasdi.

Öşa vaqtda 56 yoşda bölgan konservativ diniy arbob islom huquqi böyiça doktorlik darajasiga ega edi. Sud tizimidagi faoliyati davomida yuqori lavozimlarni egallaganiga qaramay, Raisiy soyada edi.

Eronning bölajak prezidenti 1960 yilda Maşhad şahrida tuğilgan, 15 yoşida u Qum viloyatidagi mamlakatning eng nufuzli diniy madrasasiga öqişga kirgan, beş yil ötib, Islom inqilobidan keyin darhol sud tizimida işlay boşlagan.

Raisiy 25 yoşidayoq poytaxt Tehron prokurori örinbosariga aylanadi. Keyinroq u sud tizimi rahbari örinbosari lavozimiga tayinlanagan.

Ibrohim Raisiy 2017 yilgi prezidentlik saylovlarida öz nomzodini röyxatdan ötkazmoqda. Öşa yilgi saylovlarda u Hasan Ruhoniyga yutqazadi.

«Ölim komissiyasi»

1988 yilda Raisiy «ölim qozilari» deb atalgan qömitadagi tört hakamdan biri bölgan. Bu komissiya qamoq muddati yakunlanganidan keyin Eron qamoqxonalarida qatl etilgan minglab muxolifatçilarning taqdirini hal qilgandi.

Bunday qatllar — inqilobdan keyingi Erondagi taqiqlangan mavzulardan biri bölib, heç qaçon rasman tekşirilmagan.

Eronning sobiq prezidenti Hasan Ruhoniy Eron davlat televideniyesidagi saylovoldi debatlarida bu mavzuni kötarib, köpçilikni hayratda qoldirgandi.

Ruhoniyning sözlariga rasmiy munosabat bildirilmagan bölsa-da, uning izohlari ijtimoiy tarmoqlarda qizğin bahs-munozaralarga sabab bölib, köpçilik eronlik yoşlar bexabar bölgan epizod birdaniga omma e’tiboriga tuşdi.