Qozoğiston Özbekiston bilan ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qildi, deb xabar beradi Zakon.kz.

«Davlat rahbari «Qozoğiston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasidagi ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani ratifikatsiya qiliş töğrisida»gi Qozoğiston Respublikasi qonunini imzoladi», — deyiladi Oqörda xabarida.

Qozoğiston Senati qonunni 25 aprel kuni ma’qullagandi.

Özbekistonda bu şartnoma 2023 yil dekabr oyida ratifikatsiya qilingan edi. Tegişli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toşkent şahrida imzolangan.

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika yönalişlarida hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan bölib, xalqaro maydonda özaro aloqalarni mustahkamlaşni nazarda tutadi.

Şartnoma bandlariga muvofiq, tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat taşkilotlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga yordam beradi. 

Şuningdek, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, kiberjinoyatçilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, noqonuniy savdo, şu jumladan, xavfsizlikka oid yangi çaqiriq va tahdidlarga qarşi kuraşiş masalalarida taşqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik sohalarida yaqindan hamkorlik qiliş közda tutilgan.