Marğilonda odamlarning köz öngida bir guruh şaxslar fuqaroga hujum qilib, uni öldirişga urinişgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 21 may kuni sodir bölgan.

Marğilon şaharda yaşovçi 18 yoşli fuqaro S.T. şaharning B.Marğiloniy köçasida “Yangi boğ” MFY da yaşovçi, 24 yoşli fuqaro A.A.ni ötkir tiğli jism bilan öng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uçun xavfli bölgan tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro A.A. hodisa joyidan qoçib ketişi natijasida, S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan noma’lum tomonga yaşiringan.

Şifokorlar tomonidan öz vaqtida körsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlab qolingan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Marğilon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25 va 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Gumonlanuvçi S.T. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan. Hozirda şahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa yuz bergan joydagi kuzatuv kameralariga yozib qolingan video tarqaldi. Unda qora rangli maşinadan ikki yigit tuşib fuqaroga hujum qilgani va ulardan biri fuqaroga piçoq urgani tasvirlangan.

Atrofdagi odamlar aralaşgandan söng yigitlar qora rangli maşinaga minib, hodisa joyidan ketib qolişgan.