Joriy yil aprel oyida Qozoğistonda Chevrolet brendi ostida 1477 dona avtomobil sotilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 barobarga kam.

2024 yilning yanvar-aprel oylaridagi umumiy körsatkiç esa 4 814 donani taşkil etgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yilning dastlabki 4 oyi davomida qöşni respublikada 14 336 ta Chevrolet avtomobili xarid qilingan.

Ma’lumot uçun, Qozoğiston UzAuto Motors’ning eng katta eksport bozori hisoblanadi. Ötgan yil davomida özbekistonliklar uçun hamyonbop avtomobillarga kontraktatsiya yopiq bölgan paytda ham, qozoğistonliklarga çegirmalar bilan yoki bölib tölab olib çiqib ketiş şartlari asosida ham maşina yetkazib berilgan edi. Kompaniya öz rasmiy sahifalarida “Chevrolet Qozoğiston bozorida liderlikda davom etadi” sarlavhasi bilan xabarlar ham joylaştirgandi. Joriy yilda uşbu liderlik Hyundai va Kia’ga boy berilgan.