Xorazm viloyati, Urganç şahrida «layk» yiğiş maqsadida maşina oynasini sindirib, bir-birini haqorat qilgan şaxslarga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Qayd qilinişiça, ikki nafar yigit bir-biri bilan janjallaşgani haqidagi videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Lavhada ulardan biri onasini sökkan şaxsni jazolamoqçi bölib, uning maşinasiga çiqib, oynasini oyoği bilan tepib sindirgani, söngra maşina egasi voqea joyidan ketib qolgani körinadi. Ta’kidlanişiça, uşbu lavha ikkala şaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqda «layk» yiğiş maqsadida sahnalaştirilgan.
IIO xodimi bergan izohga köra, 21 may kuni keçqurun S.Ş. va S.M. oldindan kelişib, ijtimoiy tarmoqdagi profilida «layk»larni köpaytiriş va obunaçilar sonini oşiriş maqsadida Urganç şahrida videorolik işlagan. Ular bir-biriga nisbatan haqoratli sözlarni işlatgan. Şundan söng, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan iş oçilib, sudga oşirilgan.
Sud hukmi bilan S.Ş. 15 sutka, S.M. esa 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini olgan.

















