“Narx uruşi”. Nima uçun Xitoy elektromobillari juda arzon?
|02:43 / 25.05.202452 35810 min
Qanday qilib Xitoy kompaniyalari jahon avtomobil bozorining an’anaviy yetakçilari – nemislar, yaponlar va amerikaliklarni ortda qoldiryapti?
Aprel oyi oxirida, tört yillik tanaffusdan keyin, Pekin avtosaloni körgazmasi ötkazildi. Unda xitoylik işlab çiqaruvçilar 2 soniyada 100 km/soat tezlikka erişadigan elektromobillarni, 1 sekundda 1 kilometr masofa yurişga yetgulik quvvat oladigan möjizaviy akkumulyatorlarni namoyiş qildi va hattoki kelgusi yildan boşlab uçar maşinalar uçun buyurtmalar qabul qilişga ham va’da berdi.
Xitoyliklar modellar soni böyiça ham, işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş tezligi böyiça ham ğarblik raqobatçilaridan ustun.
Xitoy avtomobillari ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyalaşuvdan tortib, avtonom boşqaruvgaça bölgan imkoniyatlarga ega.
Raqobat va xilma-xillik tobora ortib bormoqda. Masalan, ötgan yili smartfon bozori yetakçilari Huawei va Xiaomi ham elektromobillar işlab çiqarişni boşladi. Aynan şu vaqtda Apple özining avtomobil işlab çiqariş loyihasini muzlatib qöydi.
Xöş, qanday qilib Xitoy kompaniyalari jahon bozorining an’anaviy yetakçilari – nemislar, yaponlar va amerikaliklarni ortda qoldirmoqda?
Dastlab Germaniya, keyin Yaponiya quvib ötildi
Xitoy katta tezlikda jahon bozorini zabt etişda davom etyapti. Ötgan yili 1,2 mln dona elektrda harakatlanuvçi transport vositalarini eksport qildi, bu 2022 yilga nisbatan 1,8 barobarga köp. Umuman olganda, 2023 yilda eksport keskin ösib, 5,26 million donaga yetgan. Bu esa Xitoyga Yaponiyani dunyodagi eng köp avtomobil eksport qiluvçi davlat maqomidan mahrum qiliş imkonini berdi. 2022 yilda Germaniya ham ortda qoldirilgandi.
Albatta, ösişning asosiy omili Rossiyadagi talab böldi, xitoylik avtomobil işlab çiqaruvçilari bu mamlakatga eksportni 2022 yilga nisbatan kamida 5 baravar oşirib, 800 ming donaga yetkazdi. Ular sanksiyalar va geosiyosiy keskinliklar ortidan Ğarb raqobatçilaridan böşagan joyni osonlik bilan töldirişdi.
2011 yilda Blomberg telekanalida jurnalist Ilon Maskka BYD kompaniyasi Tesla uçun potensial raqib bölişi mumkinmi degan mazmundagi savol beradi. Mask esa kulib yuboradi va: “Siz ularning maşinalarini kördingizmi? Ularni umuman raqib sifatida körmaysiz. Ularda yaxşi mahsulot bor deb öylamayman”, deya javob beradi. Joriy yil yanvar oyida tahlilçilar bilan suhbatda esa u Xitoy avtomobil kompaniyalarining dunyodagi eng raqobatbardoş ekanini tan oldi.
Mavzuga oid
Ha, ötgan davr mobaynida Xitoy avtomobilsozlik sanoati juda tez rivojlandi. Ğarb bozorlaridagi eng maşhur elektrokar işlab çiqaruvçi Tesla'ning sotuvi 2024 yilning birinçi çoragida 2023 yilning mos davriga nisbatan 20 foizga kamaydi. Xitoy avtomobillarining uluşi esa ortib boryapti.
TrendForce tadqiqot kompaniyasining 2024 yil fevral oyidagi hisobotiga köra, xitoylik işlab çiqaruvçilar jahon bozorida elektromobillar sotuvi böyiça eng yaxşi beşta örindan uçtasini egallab turibdi: BYD – 17 foiz, GAC Aion – 5,2 foiz va SAIC-GM-Wuling – 4,9 foiz. Tesla 19,9 foiz bozor uluşi bilan birinçi örinni band qilgan bölsa, Volkswagen 4,6 foizlik uluş bilan beşinçi örinda qayd etilgan. Taqqoslaş uçun, xitoylik işlab çiqaruvçilarga 2012 yilda global elektrokarlar sotuvining atigi 0,1 foiziga töğri kelgan.
Xitoy kompaniyalari birgina joriy yilning özida 70 dan ortiq yangi modellarni sotuvga çiqargan. Bu yerdagi eng muhim omillardan biri şundaki, xitoylik avtomobil işlab çiqaruvçilari öz katalogini “eski işlab çiqaruvçilar”ga qaraganda ança tezroq yangilayapti.
Bundan taşqari, Xitoy – dunyodagi eng katta avtomobil bozori. Ötgan yilda mamlakatda umumiy sotilgan avtomobillarga nisbatan xorijda işlab çiqarilgan avtomobillarning uluşi birinçi marta 50 foizdan pastga tuşdi. Bu tendensiya davom etmoqda. Ayni paytda 48 foizga yetgan. Ikki yil oldin bu körsatkiç 57 foiz bölgan.
Xalqaro energetika agentligi (IEA) prognozlariga köra, 2024 yil oxiriga kelib, elektromobillarning uluşi Xitoyda 45 foizni, Yevropada 25 foizni, AQŞda esa atigi 11 foizni taşkil etadi.
Ğarbdagi hukumatlar öz bozorlarini yopişni boşladi
Global raqobatning oşib borişi fonida Ğarb davlatlari Xitoydan avtomobillar importini çeklaşga urğu bera boşladi.
2018 yilda Tramp ma’muriyati çet elda işlab çiqarilgan avtomobillari uçun amalda bölgan 2,5 foizlik soliqdan taşqari, Xitoyda işlab çiqarilgan avtomaşinalarga 25 foizlik maxsus boj joriy qilgandi. Bayden ma’muriyati bu siyosatni yanada kuçaytirdi va Xitoydan import qilinadigan elektromobillar uçun bojlarni 25 foizdan 100 foizga oşirdi. Bu qaror “milliy xavfsizlikka tahdid” bilan boğliq ekani ta’kidlangan bölsa-da, aksariyat mutaxassislar tomonidan içki bozordagi mahalliy işlab çiqaruvçilarni sun’iy ravişda saqlab qoliş deya baholanyapti.
Xitoy taklif etayotgan elektromobillarning narx ustunligi şu darajada kattaki, hattoki 25 foizlik import soliği ham BYD kabi kompaniyalarning AQŞ bozoriga kirişini töxtatib qöyiş uçun yetarli bölmagan bölişi mumkin. Masalan, bir zaryadlaşda 400 kmdan ortiq masofani bosib öta olişiga kafolat berilayotgan BYD Seagull kabi elektromobillar Xitoy bozorida taxminan 10 700 dollar atrofida sotilyapti. Bu AQŞda sotib oliş mumkin bölgan eng arzon elektrokar narxining uçdan bir qismini taşkil qiladi.
Xitoy kompaniyalarining Meksikada zavodlar qurişni rejalaştirayotgani haqidagi miş-mişlar ham AQŞ hukumatini öz bozoriga “orqa eşik” paydo bölişidan qörqitgan bölişi mumkin.
Yevropa Ittifoqi import qilinadigan avtomobillarga 10 foizlik boj undiradi. Bu, albatta, juda katta tösiq emas, ammo ular ham Xitoy elektromobillariga nisbatan qattiqlaşgan tartib joriy qilişi mumkin.
Ötgan yilning kuzida Yevropa Komissiyasi Xitoy elektromobillari uçun subsidiyalar böyiça tekşiruv boşlanganini e’lon qilgandi.
“Jahon bozori arzon elektromobillar bilan tölib ketdi. Ularning narxi katta davlat subsidiyalari tufayli sun’iy ravişda pasayib bormoqda. Men Yevropa Komissiyasi tomonidan Xitoyda elektr transport vositalari uçun subsidiyalar ajratiş böyiça tergov boşlaganini e’lon qilmoqçiman. Yevropa poyga uçun emas, raqobat uçun oçiq”, degandi Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen.
Xitoy kompaniyalarining Yevropa elektromobillari bozoridagi sotuv uluşi 2019 yilda 0,5 foizni taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç ötgan yili 9 foizdan oşgan.
Nega Xitoy elektromobillari arzon?
Xitoy elektromobillarining global miqyosida tez ommaviylaşib ketayotganining asosiy sababi bu – ularning ança arzonligida. Ğarbda elektromobillarga hali ham oddiy transport vositasi emas, balki haşamat sifatida qaraşadi. Çunki ularning bahosi içki yonuv dvigatellari bilan harakatlanuvçi an’anaviy avtomobillarga qaraganda ança qimmat. Xitoyliklar esa bundan foydalanişyapti.
Quyidagi bir qança omillar Xitoy kompaniyalariga öz transport vositalari narxini arzonlaştirişga va raqiblariga “narx uruşi” e’lon qilişiga imkoniyat berayotgan bölişi mumkin.
Birinçidan, Xitoy hukumati özining elektromobil sektorini katta miqdorda subsidiyalaydi, şu jumladan iste’molçilar va işlab çiqaruvçilar uçun katta soliq imtiyozlari taqdim etadi. Masalan, ötgan yilning iyun oyida 520 milliard yuan (qariyb 72 milliard dollar) miqdoridagi savdo va soliq imtiyozlari paketi e’lon qilindi. Bu tört yil davomida amal qiladi va işlab çiqariş tannarxini pasaytiriş hamda elektr transport vositalarini iste’molçilar uçun arzonroq qiliş imkonini beradi.
Ikkinçidan, elektr transport vositasining asosiy xarajat komponenti batareyalar töplami bölib, umumiy narxning 30 foizidan 40 foizgaça bölgan qismini taşkil etadi. Bu yerda akkumulyatorlar işlab çiqariş bilan boğliq jarayon töliq Xitoy kompaniyalarining özi tomonidan amalga oşiriladi. Eng yirik kobalt koni Kongoda joylaşgan. Xitoy kompaniyalari kobaltni öşa konlarda qayta işlaydi.
Bundan taşqari, Xitoyning Siçuan provinsiyasida dunyodagi uçinçi eng yirik litiy koni bor. Litiy ham, kobalt ham elektromobillarni quvvatlaydigan akkumulyatorlarni işlab çiqariş uçun zarur bölgan eng muhim xomaşyolar hisoblanadi. Şuningdek, Xitoy hukumati sanksiyalar ostidagi Rossiyadan arzon narxlarda nikel improt qilyapti.
Bundan taşqari, bozorda katta talabga ega bölgan elektromobil akkumulyatorlari sektorida eng yaxşi önta işlab çiqaruvçilardan oltitasi (CATL, BYD, CALB, Gotion High-Tech, EVE Energy va Sunwoda) Xitoy kompaniyalaridir. Ularning bozordagi umumiy uluşi ham yildan yilga oşib boryapti.
Şuningdek, Xitoy kompaniyalari innovatsion jihatdan ham ança ilgarilab ketdi. Masalan, yaqinda dunyodagi eng yirik EV akkumulyatorlari işlab çiqaruvçi CATL 10 daqiqalik zaryad bilan 600 kmgaça harakatlaniş imkonini beruvçi yangi mahsulotini taqdim etdi.
Uçinçidan, işlab çiqariş kölamining kattaligi va arzon işçi kuçi. Xitoy dunyodagi eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi davlat bölib, avtomobilsozlik sanoatida kuçli va yirik infratuzilmaga ega. Işlab çiqariş hajmining kattaligi esa xarajatlarni kamaytiriş va xomaşyoni tejaş imkonini beradi. Xitoyda işçi kuçi ham AQŞ va Yevropadagidan ança arzon. Bu ham elektromobillar tannarxiga sezilarli darajada ta’sir ötkazadi.
Törtinçidan, içki raqobat. Xitoy içki bozorida elektromobil işlab çiqaruvçilar örtasida kuçli raqobat mavjud. Bu esa köproq xaridorlarni jalb qiliş uçun innovatsiyalar qiliş va narxlarni pasaytirişni rağbatlantiradi.
Yuqoridagi omillar kombinatsiyasi Xitoyning elektromobil işlab çiqaruvçi kompaniyalariga işlab çiqariş xarajatlarini kamaytiriş va iste’molçilarga yanada arzon narxlarni taklif qiliş imkonini beryapti.