Toşkent şahrida 26—27 may kunlari ayrim köçalarda transportlar harakatiga vaqtinça çeklovlar kiritiladi. Bu haqda IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanişiça, poytaxtda ikki kun davomida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar ötkazilişi hamda ayrim köçalarda obodonlaştiriş va quriliş-montaj işlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtinça çeklanadi.

“Zarurat bölmaganda haydovçilarga Toşkent şahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi YHXX xabarida.

Şuningdek, ma’lum köçalarda transport vositalarining harakatini çeklaş böyiça zaruriy çoralar körilgan vaqtda haydovçilardan tartibga soluvçilarning işoralariga, yöl belgilari hamda çiziqlarning talablariga qat’iy rioya etişlari söralgan.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi. Ikki davlat rahbarlari Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşining birinçi yiğilişida iştirok etadi.