Xalqaro Amnesty International inson huquqlari taşkilotining ölim jazosini qöllaş böyiça yillik hisobotiga köra, 2023 yilda dunyoda qatl qilinganlar soni sönggi 10 yil içida eng yuqori darajaga yetdi. 

Huquq himoyaçilari hisob-kitoblariga köra, 2023 yilda dunyoning 16 davlatida 1153 ta qatl amalga oşirilgan. Bu Amnesty International taşkiloti 20 mamlakatda 883 ta qatl amalga oşirilganini ma’lum qilgan 2022 yilga nisbatan 31 foizga köpdir. 

Hisobot mualliflarining qayd etişiça, bu Amnesty International taşkiloti tomonidan dunyo böylab 1634 kişi qatl etilgani xabar qilingan 2015 yildan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdir. 2023 yilda ölim jazosiga hukm qilinganlar soni 20 foizga oşib, 2428 taga yetgan. 

Huquq himoyaçilari 2023 yilda eng köp qatl amalga oşirilgan davlatlar qatoriga Xitoy (aniq ma’lumot yöq), Eron (kamida 853 ta qatl), Saudiya Arabistoni (172), Somali (kamida 38) va AQŞni (24) kiritdi. 

Qayd qilinişiça, qatllar sonining köpayişiga asosan Eron sabab bölgan. Eron hukumati giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlar uçun qatl etilganlar sonini köpaytirgan.